Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor nonushtada iste’mol qilish zararli bo‘lgan mahsulotlarni aytdi

Shifokor nonushtada iste’mol qilish zararli bo‘lgan mahsulotlarni aytdi

Diyetolog Irina Kononenko nonushtada asosan tarkibida shakar miqdori yuqori bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilish salomatlik uchun zararli ekanligini aytdi. Bu haqida u «5 kanal»ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Tez tayyorlanadigan bo‘tqa — bu nonushta uchun yomon variant. Ular qondagi qand miqdorini ko‘tarib, insulin ishlab chiqarilishini qo‘zg‘atadi, bu sizni tez orada yana ovqatlanishingizga majbur qiladi. Shuningdek, nonushta uchun sharbat va smetana yemang. Har qanday uglevodli ozi -ovqat ertalab zararli — murabbo, sendvich yoki shokoladli pasta.

«Bir tomondan, bu glyukoza, boshqa tomondan — fruktoza. Barcha fruktozalar tezda jigarga o‘tkaziladi, u yerda jigar yog‘iga aylanadi. Natijada tanamizga ortiqcha og‘irlik qo‘shiladi», — deya tushuntirgan Irina Kononenko.

Nonushta uchun mutaxassislar oqsillarga va sog‘lom yog‘larga boy taomlarni iste’mol qilishni tavsiya qiladilar – bu kabi nonushta to‘yimli bo‘ladi va uglevodli ovqatlardan farqli o‘laroq, uzoq vaqt davomida tanaga quvvat beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring