Shifokor televizorni yoqib uxlashning xavfli jihatlaridan ogohlantirdi
Televizor yoqilgan holda uxlash metabolik muammolar va yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin, deydi rossiyalik vrach Darya Lebedeva Ura.ru nashriga.
Hatto ovozi past televizor ham uyqu bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin, fon shovqini biologik uyquga halaqit beradi.
«Odam televizorni yoqib uyquga yotsa, uxlash va uyg‘onishda qiynaladi. Sifatli uyquning yetishmasligi halokatli bo‘lishi mumkin. Grelin (ochlik gormoni) ishlab chiqarish ko‘payadi, buning natijasida odam ko‘proq ovqat iste’mol qilishni xohlaydi, u semirib ketadi va shundan keyin semirish, diabet va turli yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortadi», - deya ogohlantirdi mutaxassis.
Vrach, shuningdek, normal uyqusiz odamning ishtahasini oshiruvchi gormonlarni ishlab chiqarish jarayoni buzilishini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter