Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor terining erta qarishiga sabab bo‘ladigan ichimlikdan ogohlantirdi

Shifokor terining erta qarishiga sabab bo‘ladigan ichimlikdan ogohlantirdi

Gastroenterolog, tibbiyot fanlari nomzodi Yekaterina Kashux terining erta qarishiga hissa qo‘shadigan va oshqozon osti bezi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradigan ichimlik nomini aytdi. Bu yangi siqilgan meva sharbatidir.

Meva sharbatlarida juda ko‘p foydali moddalar mavjud. Ammo ularni ko‘p iste’mol qilmaslik kerak, aks holda sog‘likka foyda o‘rniga zarar kelishi mumkin.

Sharbatlar shakarga boy. Agar bitta olmada taxminan 20 gramm shakar bo‘lsa, unda uchta mevadan hosil bo‘ladigan bir stakan sharbatda 60 gramm bo‘ladi (yetti choy qoshiqdan ortiq miqdor).

Haddan tashqari ko‘p shakar ortiqcha vaznga olib keladi, shuningdek, teri va bo‘g‘imlar uchun muhim bo‘lgan kollagen ishlab chiqarishni kamaytiradi.

Bundan tashqari, u qondagi glyukoza darajasini tartibga soluvchi oshqozon osti beziga qo‘shimcha yuk hosil qiladi. Yangi siqilgan sharbatlar ham siydik kislotasini ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi

Mutaxassisning ta’kidlashicha, qandli diabet va oshqozon-ichak trakti kasalliklari bilan og‘rigan odamlar sharbat (olma va sitrus mevalari yuqori kislotalilikka ega) ichishda ayniqsa ehtiyot bo‘lishlari kerak. Yangi siqilgan sharbatlar tabiiy mevalar bilan almashtirilishi maqsadga muvofiq. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring