Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shirinlik va gazli ichimliklarning yangi xavfi oshkor bo‘ldi

Shirinlik va gazli ichimliklarning yangi xavfi oshkor bo‘ldi

Akusherlik va ginekologiya bo‘yicha mutaxassis Rajvinder Xasriyaning Daily Mail nashriga ma’lum qilishicha, bakterial siydik yo‘llarining infeksiyalari - sistit va piyelonefritga moyil bo‘lgan odamlar shirin taomlar va ichimliklar iste’molini cheklashi zarur. 

Ta’kidlanishicha, siydik yo‘llarining infeksiyalari yuqori va pastki siydik yo‘llarining klinik simptomatik infeksiyalari (piyelonefrit, sistit), erkak jinsiy a’zolari va asemptomatik bakteriuriyani o‘z ichiga olgan sindromdir. Bunday holatlar ko‘pincha kundalik urologik amaliyotda uchraydi. Shifokor, bunday infeksiyalarga sezuvchanlik patogenning turiga va tananing individual xususiyatlariga qarab o‘zgarishini tushuntirdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, siydik yo‘llari infeksiyalarining qaytalanishining sabablaridan biri shirin taomlar – shokolad, qandolat mahsulotlari va tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan ichimliklarga haddan tashqari berilish bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, organizm bunday oziq-ovqatlar tarkibidagi shakarni glyukozaga aylantiradi, bu mushak hujayralari faollikni oshirish uchun foydalanadigan energiya shaklidir. Natijada bu infeksiyalarning rivojlanishiga olib keladi. 

Avvalroq tarkibida foydali yog‘ mavjud bo‘lgan mahsulotlar aytilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring