Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sho‘rchida basketbol bo‘yicha «Adliya kubogi» musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Sho‘rchida basketbol bo‘yicha «Adliya kubogi» musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan hokimlik va boshqa hamkor tashkilotlar xomiyligida bugun, 29 avgust kuni Sho‘rchi tumanida basketbol bo‘yicha viloyat birinchiligi uchun «Adliya kubogi» musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada viloyat miqyosida 14-18 yoshdagi o‘g‘il va qizlar jamoalarga bo‘lingan holda jami 16 ta jamoat ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra Denov tuman 27-son maktab o‘g‘il bolalar jamoasi va shu maktabning qiz bolalar jamoasi viloyat bo‘yicha 1-o‘rinni egallab g‘olib deb topilgan bo‘lsa, 2-o‘rinni shu tumanning 50 maktab jamoasi va 3-urinni Sho‘rchi tuman bolalar sport maktabi jamoasi vakillari qo‘lga kiritishdi.

Xuddi shunday qizlar jamoasi bo‘yicha 2-o‘rinni Denov tuman bolalar sport maktabi, 3-o‘rinni Sho‘rchi tuman sport maktabi vakillari qo‘lga kiritishdi. Tadbir yakunida adliya boshqarmasi tomonidan g‘oliblarga esdalik sovg‘alar topshirilib, bu kabi basketbol musobaqalari doimiy ravishda o‘tkazib borilishiga kelishib olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring