Shuhratbek Abdurahmonov Andijondagi Xalq qabulxonalariga «Cobalt» avtomobillarini topshirdi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatdagi shahar-tuman Xalq qabulxonalariga «Cobalt» avtomobillarini topshirdi. Bu haqda «auz.uz» xabar berdi.
— «Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni bilan Xalq qabulxonalariga qo‘shimcha huquq va vazifalar yuklandi, — deydi viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Mamazoir Xo‘jamberdiyev. — 2019 yil 1 fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlaydi va hal qiladi. Zamonaviy xizmat avtomashinalari chekka qishloqlarga ham yetib borish imkonini beradi.
Ma’lum qilinishicha, viloyatda ayni paytda jami 16 ta shahar va tuman Xalq qabulxonalari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter