Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shumaxer «Real» prezidentining villasini 35 mln. dollarga sotib oldi

Shumaxer «Real» prezidentining villasini 35 mln. dollarga sotib oldi

Foto: «Facebook.com»

Afsonaviy avtosportchi Mixael Shumaxerning rafiqasi — Korinna Shumaxer Malorkaning Andraych munitsipalitetidagi dang‘illama uyni 15 ming kvadrat metr yer maydoni bilan sotib oldi, deb yozgan «Life.ru».

«Villa Yasmin» deb nomlanuvchi bu maskanda ikkita basseyn, vertolyot qo‘nish maydonchasi, mehmonlar uchun villa va ulkan bog‘ bor. Eng asosiysi, bu yerdan ochiq dengiz kaftdagidek ko‘rinib turadi.

Florentino Peres

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres villani 2005-yili 28 million dollarga sotib olgandi, biroq 2012-yili xotinining o‘limidan so‘ng bu yerga kelmay qo‘ygan. Uy 2017-yilda sotuvga qo‘yilgandi.

Korinna Shumaxer

2018-yilning may oyida Korinna Shumaxer uyni 35 million dollarga sotib oldi. Bu yerdan oilaviy va do‘stlar bilan birga hordiq chiqarishda foydalanishmoqchi.

Mixael Shumaxer

Ma’lumki, «Formula-1» poygachisi, yetti karra jahon chempioni Mixael Shumaxer 2013-yili Fransiya tog‘laridagi chang‘i trassasida baxtsiz hodisaga uchrab, yarim yil sun’iy komada yotdi. Keyin esa unga tibbiy ko‘mak Shveysariyada ko‘rsatila boshlandi, Mixael Shumaxer haqida boshqa hech qanday xabar yo‘q.

Mash’um hodisaga qadar Shumaxerlar oilasi Malorkada dam olishni yaxshi ko‘rardi. Bu yerda ularning «Camp del Mar» deb nomlanuvchi o‘z villasi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring