Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Silk Road Samarkand» majmuasi yirik tadbirga mezbonlik qiladi

«Silk Road Samarkand» majmuasi yirik tadbirga mezbonlik qiladi

«2025 yilda YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-128-son, 15.03.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Sessiya «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida o‘tkaziladi.

Sessiyaga tayyorgarlik doirasida:

  • Samarqand shahridagi tegishli madaniy meros ob’yektlarini asrashga doir ishlar hamda immersiv va mavzuli ko‘rgazmalar tashkil etiladi;
  • Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘lishi uchun rasmiy ariza topshiriladi;
  • O‘zbekistondagi shaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros ob’yektlarini tegishlicha YuNESKOning Ijodkor shaharlar hamda Ta’limni targ‘ib etuvchi shaharlar tarmoqlariga, shuningdek, xalqaro ro‘yxatlarga kiritish choralari ko‘riladi;
  • Sessiyaning mamlakatimizda o‘tkazilishining ahamiyati, shuningdek, O‘zbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global tashabbuslar muallifiga aylanib borayotganini atroflicha ochib berishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring