Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Sirdaryo hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Rahimjon Boboyev Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasidan ozod etildi. 

U ushbu lavozimga o‘tgan yilning aprel oyida tayinlangan edi. Rahimjon Boboyev boshqa ishga o‘tgani aytilmoqda.

Uning o‘rniga Abdurahim Umarov viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Abdurahim Umarov 1985 yilda Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. 2008 yil Guliston davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Xalq banki Sirdaryo viloyati filialida turli mas’ul lavozimlarda, mazkur tayinlovga qadar esa filial boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring