Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sochidan Toshkentga yangi reys qo‘yildi – parvozlar har chorshanba amalga oshiriladi

Sochidan Toshkentga yangi reys qo‘yildi – parvozlar har chorshanba amalga oshiriladi

Foto: Xabar.uz

«Qanot Sharq» aviakompaniyasi 17-noyabr kuni Toshkentdan Sochiga ilk parvozini amalga oshirdi. Qayd etilishicha, ushbu reys yo‘nalish bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga uchtagacha oshirish imkonini bergan.

Toshkent-Sochi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reys haftada bir marta amalga oshiriladi, yo‘lning taxminiy vaqti 3 soat 50 daqiqani tashkil qiladi. Ta’kidlanishicha, samolyot chorshanba kunlari parvoz qiladi. Parvoz davri kuz-qish navigatsiyasi oxirigacha davom etadi.

Ma’lum qilinishicha, 1-iyuldan Sochi aeroportidan O‘zbekiston poytaxtiga parvozlar qayta tiklangan. Ilgari bu yo‘nalishda faqat payshanba va yakshanba kunlari «O‘zbekiston havo yo‘llari» AJ xizmat ko‘rsatib kelgan. Endilikda «Qanot Sharq» aviakompaniyasi haftaning chorshanba kunlari doimiy parvozlarni amalga oshiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring