Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sovuq kunlar hali davom etadi

Sovuq kunlar hali davom etadi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 27-29 fevral va 1 mart kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Qishning so‘nggi kunlari va bahorning birinchi kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi.

27-29 fevral va 1 mart kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha me’yordan 2-5 darajaga past bo‘lgan harorat saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, shimolda 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtimizda 28 fevral va 1 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Haftaning qolgan kunlari esa asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Harorat kechalari 1-4 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-6 daraja iliq bo‘ladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring