Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sovuq kunlarda ona uch nafar farzandi bilan uyga kiritib qo‘yildi

Sovuq kunlarda ona uch nafar farzandi bilan uyga kiritib qo‘yildi

Majburiy ijro byurosining Qarshi shahar bo‘limi ish yurituvidagi yana bir hujjat ijrosi ta’minlandi.

Davlat ijrochisi Mashrab Jovliyevning ma’lum qilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan da’vogar M.M.ni uch nafar farzandi bilan turmush o‘rtog‘ining uyiga doimiy yashash uchun majburiy tartibda kiritib qo‘yish belgilangan.

Qayd etilishicha, M.M oilaviy kelishmovchiliklar sabab farzandlari bilan uydan ketishga majbur bo‘lgan. 

Mazkur hujjat bo‘lim ish yurituviga joriy yilning 20 noyabr kuni kelib tushgan va qarzdor ogohlantirilgan. Biroq ijro hujjati talabi ixtiyoriy bajarilmagach, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Joriy yilning 12 dekabr kuni majburiy ijro harakatlari tayinlanib, ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga kelinganda dastlab, qarzdor hamda uning onasi kelinni uyga kiritishga qarshilik ko‘rsatgan. Ammo davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik tushuntirilganidan keyin tegishli tashkilotlar hamkorligida ona va bolalar uyga kiritilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring