Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Psixolog sovuqda inson uchun foydali bo‘lgan mashg‘ulotlarni sanadi

Psixolog sovuqda inson uchun foydali bo‘lgan mashg‘ulotlarni sanadi

Foto:«Xabar.uz»

Sovuq mavsumni betalofat o‘tkazish uchun inson jismoniy holatini kuzatib borishi va o‘ziga astoydil g‘amxo‘rlik qilishi kerak.

Oziq-ovqat ratsioni qanchalik xilma-xil bo‘lsa, jismoniy holat va shunga mos ravishda kayfiyat ham shunchalik yaxshi bo‘ladi. Bu haqda psixolog Dmitriy Sinarevning «Praym» agentligiga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tgan.

Sinarevning ta’kidlashicha, tananing sovuqqa qarshi kurashi energiya sarflaydigan faoliyat bo‘lib, qish diyeta uchun qulay vaqt emas.

Ushbu faslda kaloriya va vitaminlarga boy ovqatlar iste’mol qilish kerak. Qishda jismoniy faoliyat haqida unutmaslik kerak.

Ertalab yugurish, uzoq masofaga yurish, fitnes mashg‘ulotlari tananing «uxlab qolishiga» imkon bermaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring