Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv va ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash muddati uzaytirilmoqda

Suv va ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash muddati uzaytirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining 30.06.2023 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish haqida»gi 269-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan gazlangan hamda gazlanmagan suvlar va ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash muddatini 2024 yil 1 martdan kiritishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Muqaddam majburiy raqamli markirovkani 2023 yil 1 iyuldan kiritish haqida qaror qabul qilingan edi.  

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2023 yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring