Tadbirkor va fermerning o‘zboshimchaligi 200 ta xonadonni tabiiy gazdan mahrum qildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari ikki holatda tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanib olingani, buning oqibatida yetkazilgan zararlar miqdori va shaklini aniqladi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbout xizmati ma’lum qildi.
Birinchi holat Toshkent tumanida fosh etildi. Ya’nikim, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «M.G.» MChJ rahbari M.M. jamiyatga qarashli issiqxonaning tabiiy gaz quvurini 2020-yilning oktyabr oyida gaz ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tamg‘alangan bo‘lsa-da, tamg‘ani buzib, o‘zboshimchalik bilan yana ulanib olgan. Shu tariqa tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi natijasida gaz ta’minoti korxonasiga 1 mlrd.so‘m zarar yetadi.
Ikkinchi holat Buxoroning Romitanda aniqlandi.Fuqaro N.M. «M.» fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil qilib, yuqori bosimli gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanishi oqibatidayetkazilgan zarar 1,7 mlrd.So‘mni tashkil qilgani aytiladi.
Hisob kitoblarga ko‘ra, bunday o‘zboshimchaliklar kuz-qish mavsumida hududdagi 110 tadan 200 tagacha xonadonni uzluksiz gaz bilan ta’minlashga yetishi ma’lum bo‘lgan.
Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi axborotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter