Tadqiqot: choy insonning qarishini sekinlashtiradi
Bir guruh xitoylik olimlar choy qarish bilan kurashishga yordam berishini va muntazam iste’mol qilinganda biologik yoshni pasaytirishini aniqladi. Ushbu ichimlikning foydali xususiyatlari bo‘yicha tadqiqot natijalari The Lancet Regional Health — Western Pacific jurnalida chop etildi.
Birinchi bosqichda ekspertlar ishtirokchilar o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, ular qaysi turdagi choyni afzal ko‘rishlari va uni qanchalik tez-tez ichishlarini aniqlashdi. Keyingi, ikki yil davomida olimlar ishtirokchilarni kuzatib, ularning biologik yoshi haqida ma’lumot to‘plashdi. Tadqiqotda Buyuk Britaniyadan 37 yoshdan 73 yoshgacha bo‘lgan jami 5998 kishi va Xitoydan 30 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan 7931 kishi ishtirok etdi.
«Biz kuniga uch stakan choy yoki 6-7 gramm choy bargini ichish qarishga qarshi ta’sir ko‘rsatishini aniqladik», dedi tadqiqotning yetakchi mualliflaridan biri I Syan.
Uning ta’kidlashicha, biologik yoshning pasayishi choy tarkibida ko‘p miqdorda mavjud bo‘lgan moddalar va faol birikmalar tufayli sodir bo‘ladi. Eng katta ta’sir ichimlikni muntazam va me’yorida ichgan ishtirokchilar tomonidan sezilgan. Tadqiqotchi qarishni sekinlatishning yana bir ijobiy omili sifatida spirtli ichimliklardan voz kechishni aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter