Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalar uchun chegirmalar uzaytirildi

Talabalar uchun chegirmalar uzaytirildi

Foto: «Xabar.uz»

Uzbekistan Airways 2022-yil 23-yanvarga qadar talabalar uchun respublika bo‘ylab amalga oshiriladigan ichki reyslarga 50 foizlik chegirma muddati uzaytirilganini ma’lum qildi.

Qaye etilishicha, 2021/2022-o‘quv yilining ikkinchi yarmini to‘liq va puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda boshlash maqsadida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilgani bois ichki reyslarga chegirma muddati ham uzaytirilgan.

Shuningdek, 10-yanvarga qadar xarid qilingan aviachiptalar 23-yanvargacha rejalashtirilgan reyslarga bepul qayta bron qilinadi.

Aviakompaniya joriy yilning 20 – 23-yanvar kunlari qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring