Tashqarida karantin, ichkarida... Taniqli xonanda niqobda to‘yda «xizmat» qilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda karantin vaqtida to‘y bo‘lgani aks etgan navbatdagi lavha tarqaldi.
To‘y xonadonning o‘zida va ancha ixcham tarzda o‘tkazilganini odamlar soni kamligidan ilg‘ash mumkin. Mehmonlar orasida niqob taqqani ham bor, taqmagani ham. Shuningdek, lavhadan xonadon ichkarisida bazm avj olganini ko‘rish mumkin: e’tiborlisi – unda taniqli xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva niqob va qo‘lqop taqqan holda xizmat qilayotir! Qo‘shiq ham joriy etilgan karantinga qasdma-qasd aytilayotganday go‘yo: «Senga ne, menga ne...»
Har kimni to‘yga yetkazsin-a, biroq koronavirus balosidan dunyo tebranib turgan hozirgi paytda orzu-havas yo‘lida o‘zgalarning salomatligini xavfga qo‘yish ehtimolini oshiradigan bunday tadbirlar o‘tkazishni oqlab bo‘lmaydi baribir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter