Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: Xabar.uz

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, podpolkovnik G‘aniyev G‘ayrat Ahmadjonovich Namangan viloyati Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Uychi tuman IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Xo‘jaxonov Avazbek Ergashevich Namangan viloyati Uychi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Xo‘jaxonov Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Najmiddinov Baxtiyor Rahimovich Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar B.Najmiddinov Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Ashurov Alisher Anvarjonovich Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Ashurov Uchko‘prik tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring