Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuzatuvdagi shaxsning seyfidan portlovchi modda chiqdi

Kuzatuvdagi shaxsning seyfidan portlovchi modda chiqdi

Illyustrativ foto.

Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Durdona Qayumovaning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Kogon tumanida yashovchi fuqaro Sh.R.ning xatti-harakatlari avvaldan kuzatuvda bo‘lgan.

Oldindan olingan ma’lumotlarga asoslangan tezkor guruh vakillari Sh.R.ning xonadonini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirishgan. Natijada, xonadondagi temir seyfda 203,3 gramm og‘irlikdagi kukunsimon porox mavjudligi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu kukunsimon porox portlovchi moddalar sirasida bo‘lgan.

Ayni paytda, ushbu portlovchi moddalar tegishli tartibda vaqtincha saqlovga olingan bo‘lib, holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabadaga qarshi kurashish bo‘limi hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik natijasida qonunbuzarlik holati oldi olindi»,-deydi Durdona Qayumova.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring