Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tinchlanishning tezkor usullari bilan tanishing

Tinchlanishning tezkor usullari bilan tanishing

Suv ham tinchlantirishning yaxshi usullaridan.

Foto: «Uznayvse.ru»

Stress holatlari hayotimizda har qadamda uchraydi: uyda, ishda, jamoat joylarida. Bu holat esa, albatta, kayfiyatimizga, hatto sog‘lig‘imizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xo‘sh, shunday vaziyatlarda qanday qilib tezda kayfiyatni o‘nglash, stress holatidan qutulish mumkin?

Bunda eng avvalo, asabbuzarligingiz atrofdagilarga ham ta’sir qilmasligi uchun (asosan, bolalarga) bir necha daqiqa sukut saqlang va miyangizda 10 yoki 20 gacha sanang. Shunda diqqatingiz sanashga o‘tib, asabingiz tinchlana boshlaydi.

Ikkinchi maslahat. Bir maromda nafas oling. Bu asabbuzarlikka qarshi kurashishning eng maqbul usuli. Olimlarning aytishicha, bir maromda nafas olish natijasida nafas mushaklari ko‘proq kislorod oladi va adrenalin miqdori kamayadi.

Uchinchi maslahat. Fantaziyangizni ishga soling. Vizual narsalarni ko‘z oldingizda gavdalantiring. Masalan, suvni. Yoki ko‘zingizni yumib, oq fondagi narsalarni ham xayolingizga keltiring. Bu yaxshi  samara beradi.

To‘rtinchi maslahat. Suv ham tinchlantirishning yaxshi usullaridan. Buning uchun, albatta, dush qabul qilishingiz shart emas. Shunchaki, o‘zingizni biroz bo‘sh qo‘ying va qo‘lingizni bir necha daqiqa suvda tutib turing.

Beshinchi maslahat. Qora shokolad yoki asaldan foydalaning. Ikki yoki uch bo‘lak qora shokolad asabiylashish darajasini biroz pasaytiradi va kayfiyatni ko‘taradi. Muhimi, qora shokoladdagi kakao miqdori 60 foizdan oshmaganini tanlang. Aks holda, u sog‘lig‘ingizga zarar yetkazishi mumkin.

Maslahatlarning qay biri sizga ma’qul bo‘lsa, ana o‘shanisini o‘zingizda sinab ko‘ring. Eng muhimi, o‘zingiz va asabingizni asrang.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring