Tojikiston prezidentining o‘g‘li Rustam Emomali Toshkentga keldi
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning o‘g‘li, Dushanbe shahri hokimi Rustam Emomali bugun Toshkentga yetib keldi. Bu uning shahar hokimi sifatida birinchi tashqi safaridir. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Dushanbe hokimi tashrif davomida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan ikki poytaxt shahar aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishadi.
Shuningdek, hokimlar Toshkent va Dushanbe shaharlarining savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarini ham muhokama qilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, 2020 yilga mo‘ljallangan hamkorliklarning dasturi ham tasdiqlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Emomali Rustam 2017 yili Emomali Rahmon tomonidan Dushanbe hokimi qilib saylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter