Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Tojiyev Sanjar Shuhratovich Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari  lavozimiga tayinlandi.

Sanjar Tojiyev 1981 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

2003 yilda Toshkent davlat Sharqshunoslik institutini bakalavriat, 2006 yilda magistratura yo‘nalishlarida tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003 yilda boshlab, qator mas’uliyatli lavozimlarda, shu jumladan, Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shu kunga qadar «The Mob» MChJ da bosh direktor lavozimida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring