Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahri va Andijon viloyati hokimliklari mahalliy budjet daromadlarining orttirilgan qismini ochiqlamay kelmoqda

Toshkent shahri va Andijon viloyati hokimliklari mahalliy budjet daromadlarining orttirilgan qismini ochiqlamay kelmoqda

Toshkent shahri va Andijon viloyati hokimliklari mahalliy budjet daromadlarining orttirilgan qismini ochiqlamay kelmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Agentlik 2022-yil 1-choragi yakunlariga ko‘ra, mahalliy budjet daromadlar rejasining rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqlanishi holatini o‘rgangan.

Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyati hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida yuqorida qayd etilgan ushbu ma’lumotlar o‘z vaqtida e’lon qilib borilayotgani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Namangan, Xorazm viloyati hokimliklari tomonidan esa qisman ochiqlangani aniqlandi, deyiladi xabarda.

Andijon viloyat hokimligi rasmiy veb-saytida bunday ma’lumotlar so‘nggi bor 2021-yil 1-choragi holatiga joylashtirilgan, Toshkent shahar hokimligi tomonidan umuman ochiqlanmagan.

Agentlik tomonidan monitoring natijasida aniqlangan xato va kamchiliklarni barataraf etish hamda kelgusida ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga qat’iy rioya etilishini nazoratga olish bo‘yicha 8 ta mahalliy hokimlikka ogohlantirish yuborilgan.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli ma’lumot kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring