Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobuslar qatnoviga o‘zgarishlar kiritiladi

Toshkentda avtobuslar qatnoviga o‘zgarishlar kiritiladi

Foto: Xabar.uz

Navro‘z bayrami munosabati bilan, 2022-yil 21, 22, 23-mart kunlari jamoat transportini tashkil etishda o‘zgarishlar belgilandi.

Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar berdi. 

— 2022-yil 21-mart dushanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida. Yo‘nalishlardagi ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytiriladi;

— 2022-yil 22-mart seshanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

— 2022-yil 23-mart chorshanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatni davom ettirishi belgilab qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring