Toshkentda bog‘cha bolasi ikkinchi qavatdan tushib ketdi

Joriy yil 30-iyun kuni taxminan soat 9.45 larda Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilardan biri 2-qavat zinasidan tushib ketdi.
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, tarbiyalanuvchi R.I. nazoratsizlik oqibatida ikkinchi qavat zinasidan yiqilib tushgan. Bundan xabar topgan tashkilot hamshirasi tarbiyalanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatgan va 16-sonli shahar shifoxonasi bolalar bo‘limiga olib borgan.
Shifokorlarning birlamchi tashxisiga ko‘ra, tarbiyalanuvchi R.I. ga «ikki qo‘l bilak sohasi sinishi, burun suyak sohasi sinishi, yuqori jag‘ kurak tishlarining aliyonlari osig‘ining sinishi» tashxisi qo‘yilgan. Bolaning ahvoli og‘ir bo‘lganligi sababli dastlab shifoxonaning jonlashtirish bo‘limiga joylashtirishgan, ahvoli yaxshilanganidan so‘ng esa oddiy muolaja xonasiga olingan.
Ayni paytda holat bo‘yicha Chilonzor tuman IIO FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter