Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent bo‘ylab issiq suv ta’minoti o‘chiriladi

Toshkent bo‘ylab issiq suv ta’minoti o‘chiriladi

Foto: Xabar.uz

2023-yil 27-martdan 5-aprelga qadar issiq suv ta’minotida bir kunlik uzilishlar kuzatiladi.

Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar bermoqda. 

Sana va manzillar ushbu havola orqali keltirilgan.

«Issiqlik tarmoqlaridagi nuqsonlarni aniqlash va keyingi isitish mavsumi boshlanishidan oldin ularni bartaraf etish uchun issiqlik tarmoqlarini mo‘ljallangan harorat bo‘yicha sinovdan o‘tkazish kerak.

Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi va issiq suv yo‘llar va yo‘laklarga chiqishi mumkin. Haydovchilar, piyodalar hamda ma’muriy va turar-joy binolarida yashovchi fuqarolardan e’tiborli va ehtiyot bo‘lishlarini so‘raymiz.

Nosozliklar aniqlansa (78) 129-01-85 telefon raqami orqali ma’lum qilishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring