Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qancha aholi borligi ma’lum qilindi

Toshkentda qancha aholi borligi ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 sentyabr kuni Yangi Toshkent shahrining Bosh rejasi loyihasi bilan tanishgani xabar qilingandi.

Unda bugungi kunda Toshkent shahrida yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 million nafarni tashkil qilayotgani qayd etildi.

Aytilishicha, ko‘plab uy-joylar, muassasalar barpo etilib, infratuzilma tarmoqlariga yuklama ortmoqda. Shunga qaramay, yana yiliga 20 ming xonadonli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog‘cha, poliklinika qurishga talab bor. Urbanizatsiya sur’atidan kelib chiqilsa, yaqin yillarda aholi soni yanada ko‘payadi.

Davlatimiz rahbari bu masalani alohida e’tiborga olib, Toshkentni rivojlantirish rejalarini 15-20 yil oldindan belgilash vazifasini qo‘ygandi. Shundan kelib chiqib, shahardan tashqarida, zamonaviy arxitektura yutuqlari asosida yangi markaz qurishga kirishildi.

Ushbu ulkan loyiha uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19 ming 720 gektar yer tanlab olingan. Birinchi bosqichda 2,5 ming gektarda 100 ming aholi uchun uy-joylar va infratuzilma ob’yektlari qurish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring