Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentlik «Maugli» 25 yoshida fuqarolik pasporti oldi (video)

Toshkentlik «Maugli» 25 yoshida fuqarolik pasporti oldi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Yigirma besh yildan buyon hayotda boru, ammo hech bir joyda qayd etilmagan Shohrux Allamovga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti berildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uch yoshligida onasi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylarning yoniga tashlab ketgan va 25 yoshga kirgunicha ko‘chada ulg‘ayib, jamiyatda mavjudligini, shu zaminda borligini huquqiy jihatdan isbotlay olmayotgan, tug‘ilganligini tasdiqlovchi guvohnoma hamda huquq va burchlarini belgilab beruvchi fuqarolik pasportiga ega bo‘lish istagidagi Shohrux Allamov  haqida avvalroq maqola e’lon qilingan edi.

Shu vaqtga qadar ushbu fuqaro sarson-sargardon bo‘lib, ko‘chalarda tilanchilik qilib, duch kelgan joylarda yotib, befarq bo‘lmagan fuqarolarimiz yordamida unib-ulg‘ayib, bir qancha tashkilotlarga borib shaxsini tasdiqlovchi hujjat olishda amaliy yordam so‘ragan. Uning ma’lumoti bo‘lmaganligi, o‘qish va yozishni bilmaganligi sababli har bir tashkilotga og‘zaki murojaat qilgan. Ko‘p yillar davomida turli xil tashkilotlarga murojaat qilishiga qaramasdan shaxsini tasdiqlash haqidagi hujjatni olishi samarasiz bo‘lgan.

Bu esa Shohruxning jamiyatda o‘z o‘rnini topishda hamda huquqlarini tiklashda qiyinchiliklar paydo qilgan.

Mazkur masalada bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi aralashuvi hamda Uchtepa tumani prokuraturasi, tuman IIO FMB MvaFRB, Uchtepa tumanlararo Fuqarolik sudi va FHDYo organlari bilan hamorlikda amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring