Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ayrim hududlari issiq suvsiz qoladi

Toshkentning ayrim hududlari issiq suvsiz qoladi

Foto: Xabar.uz

Toshkentning Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasidagi D-600 mm katta suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Ushbu munosabat bilan 22-may kuni soat 9.00dan 23-may soat 20.00gacha Mirobod tumanidagi quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi:

Mirobod RU-1 ; Nukus ko‘chasi, 1-pr. Katta Mirobod, 7-tor Mironshoh, Avliyoota ko‘chasi, Gospital dahasi, Mirobod, Katta Mirobod, Avliyoota-Nukus, Afrosiyob-Gospital, Xonzodabegim, Oybek, Turkiston, A.Temur, 1-tupik Nukus, Istiqbol, Shaxrisabz, T.Shevchenko, Fidokor, Afrosiyob, Chimkent, Buyuk Turon, Kichik Beshyog‘och, G.Aliyev, Yakka Chinor, Buxoro, Matbuotchilar, Zarafshon, I.Karimov ko‘chalari.

Jami 388ta iste’molchilar issiq suv ta’minotidan vaqtincha uziladi.

Veolia Energy Tashkent keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring