Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Mirzo Ulug‘bek tumani Mohlaroyim va So‘fizoda ko‘chalarining kesishuvida ichimlik suv ta’minoti quvurida vujudga kelgan nosozlikni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.
Shu sababli 29-yanvar kuni soat 9:00 dan 21:00 ga qadar ayrim manzilgohlarda ichimlik suvi ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida. Ular quyidagilar:
– Mohlaroyim ko‘chasi,
– Mohlaroyim berk ko‘chasi,
– So‘fizoda ko‘chasi,
– Gulnor ko‘chasi,
– Gulnor 1, 2 va 3-tor ko‘chalari,
– Mash’al ko‘chasi,
– Mash’al berk ko‘chasi,
– Sarbaland ko‘chasi,
– Bo‘z-2 dahasidagi 4, 32, 30, 64, 68-uylar va 438-MTT.
Yuqoridagi manzillar bo‘yicha tuman suv tarmoqlari bo‘limi tomonidan ichimlik suvi yetkazib berilishi aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter