Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
![Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi](http://static.xabar.uz/crop/2/2/720_460_95_2293075234.jpg)
Mirzo Ulug‘bek tumani Mohlaroyim va So‘fizoda ko‘chalarining kesishuvida ichimlik suv ta’minoti quvurida vujudga kelgan nosozlikni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.
Shu sababli 29-yanvar kuni soat 9:00 dan 21:00 ga qadar ayrim manzilgohlarda ichimlik suvi ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida. Ular quyidagilar:
– Mohlaroyim ko‘chasi,
– Mohlaroyim berk ko‘chasi,
– So‘fizoda ko‘chasi,
– Gulnor ko‘chasi,
– Gulnor 1, 2 va 3-tor ko‘chalari,
– Mash’al ko‘chasi,
– Mash’al berk ko‘chasi,
– Sarbaland ko‘chasi,
– Bo‘z-2 dahasidagi 4, 32, 30, 64, 68-uylar va 438-MTT.
Yuqoridagi manzillar bo‘yicha tuman suv tarmoqlari bo‘limi tomonidan ichimlik suvi yetkazib berilishi aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter