Toshkentning beshta tumanida gaz o‘chadi

2021/22 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi sababli, quyidagi hududlarda 27 oktyabr kuni tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
— Yakkasaroy tumani Bog‘ibo‘ston ko‘chasidagi 20 ta ko‘p qavatli uyda soat 13:00 dan 17:00 gacha;
— Chilonzor tumani Berdaq, Afsona, Kattaqozirobod ko‘chalarida hamda 12 ta ulgurji iste’molchilarida soat 11:00 dan 15:00 gacha;
— Yangihayot tumani Olmazor 146-ko‘chadagi 105 ta yerli xonadonlarda soat 11:00 dan 18:00 gacha. (Oqqo‘rg‘on, Oydin, Ismoilova ko‘chalaridagi xonadonlarda hamda ulgurji iste’molchilarida 28 oktyabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha);
— Sergeli tumani Xonabod mahallasi 17 ta ko‘p qavatli uydagi 1 337 ta xonadon hamda 5 ta ulgurji iste’molchilarida soat 11:00 dan 18:00 gacha;
— Mirobod tumani Parvona 1-tor ko‘chasi 16 ta xonadon hamda 2 ta ulgurji iste’molchilarida soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter