Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning bir qator hududlarida elektr o‘chiriladi

Toshkentning bir qator hududlarida elektr o‘chiriladi

Foto: Xabar.uz

Ertaga poytaxtning ayrim hududlarida elektr o‘chiriladi.

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida ertaga, 10 yanvar kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Yashnobod tumani: «Navro‘zobod» MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Mirzo Ulug‘bek tumani: «Iqtidor» MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring