Toshkentning uchta tumanida issiq suv o‘chdi

Bugun Yunusobod tumanidagi 4-Issiqlik markazining elektr energiyasi ta’minotida nosozlik ro‘y bergani sababli, mazkur qozonxonadan issiq suv va issiqlik uzatish vaqtincha to‘xtatildi.
Buning oqibatida Yunusobod tumanida to‘liq, Olmazor va Shaxontohur tumanlarida esa qisman issiq suv va issiqlik ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Ayni paytda Issiqlik markazida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Mutasaddilar soat 17:00 gacha issiq suv va kechki 24:00 ga qadar issiqlik ta’minoti to‘liq tiklanishini ma’lum qilishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter