To‘ylar haqidagi qaror loyihasi esdan chiqmadimi? (video)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi ishlab chiqilib, joriy yilning 5-25-mart kunlari keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgan edi.
Oilaviy tadbirlarni tartibga solish jamiyat uchun ham muhim ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi bois, aholi tomonidan bildirilgan taklif va fikrlarni inobatga olib, mazkur masalani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatni mukammal ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qilgan edi.
Ushbu qaror loyihasi yuzasidan navbatdagi ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Quyida ushbu yig‘ilish haqidagi reportajni ko‘rishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter