Tuman gazetalari jurnalistlariga kvartiralar berildi

Olmaota viloyatining markaziy hududlaridan biri Taldiqo‘rg‘onda «Jeticy» va «Ogni Alatou» tuman gazetalarining 100 yilligi keng nishonlandi. Qutlug‘ sana munosabati bilan Olmaota viloyat hokimi Omondiq Batalov ushbu nashrlardagi jurnalistlarga yangi uylarning kalitlarini topshirdi, deb xabar bermoqda «O‘zA».
Shunday qilib, har bir nashrdan uch nafardan jurnalist barcha qulayliklarga ega bo‘lgan, zamonaviy uslubda qurilgan kvartiralarga ega bo‘ldi. Shuningdek, besh nafar jurnalist «Axborot sohasining fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Yetakchi jurnalistlarga viloyat hokimi nomidan faxriy yorliqlar, minnatdorchilik xatlari va qimmatbaho sovg‘alar ham taqdim etildi.
Xabar qilinishicha, Qozog‘istonda 28-iyun jurnalistlarning kasb bayrami munosabati bilan 200 nafardan ko‘proq soha xodimlari taqdirlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter