Uyqu buzilishi saratonga sabab bo‘lishi mumkin — tadqiqot
Kechasi uyqusi ko‘p buziladigan erkaklarning prostata saratoni bilan kasallanish ehtimoli 20 foizga ko‘proq. Uyquning buzilishi ushbu kasallikning asosiy sababi bo‘lishi mumkin.
Milliy saraton instituti jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, prostata saratoni uchun asosiy xavf omillari qarilik, irsiy moyillik, semirish va etnik kelib chiqishidir. Olimlar qora tanli erkaklarda kasallik paydo bo‘lish ehtimoli kamroq ekanligini aniqladilar.
Uyquning buzilishi prostata saratonining asosiy sabablaridan biri hisoblangan, ammo tadqiqotning aksariyati bemorlar qanchalik tez-tez va qaysi vaqtda uyg‘onganliklarini aniq eslay olmasliklarini ma’lum qilishgan. Merilend shtatidagi AQSh Milliy saraton instituti mutaxassislari tadqiqotda ishtirok etgan 30 ming britaniyalik erkakning ma’lumotlarini tahlil qildi. Barcha ishtirokchilar kechasi harakatni o‘lchaydigan va uyqu buzilishini ko‘rsatadigan soatga o‘xshash monitor kiygan. Tajribaning boshida barcha erkaklar sog‘lom edi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, olimlar kechasi 30 daqiqa va undan ko‘proq uyg‘oq bo‘lganlar kishilarda prostata saratoni bilan kasallanish xavfi 15-20 foizga yuqori degan xulosaga kelishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter