Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzbekistan Airways» chegirma e’lon qildi

«Uzbekistan Airways» chegirma e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

Noyabr oyi «Keksalar turizmi oyi» hisoblanadi. Shu munosabat bilan «Uzbekistan Airways» ekonom-klass (K-klass va undan yuqori) tariflariga 25 foiz chegirmalarni taqdim etadi.

Chegirma 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun 2022-yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha amalga oshiriladigan parvozlarda amal qiladi.

Aviachipta xarid qilish jarayonida yoningizda albatta pasport yoki ID karta bo‘lishi lozim.

Chegirma «Uzbekistan Airways Sales» filialida yoki aviakompaniyaning O‘zbekistondagi agentlari tomonidan taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring