Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonadonlarda tarqaluvchi xavfli bakteriya aniqlandi

Xonadonlarda tarqaluvchi xavfli bakteriya aniqlandi

Foto: «Healthhearty.com»

Olimlarning fikricha, uydagi shart-sharoit turli bakteriyalar ko‘payishi uchun juda qulay. Bu bakteriyalar, hatto, antibiotiklarga ham chidamli bo‘lishi mumkin.

Sent-Luisdagi Vashington universiteti Tibbiyot maktabi mutaxassislari tadqiqot o‘tkazishgach, ana shunday xulosaga kelishdi, deya xabar berdi «MedicalXpress» nashri.

Jumladan, aksariyat xonadonlarda stafilokokk bakteriyasining izlari topilgan. Buni qarangki, mazkur bakteriya odamlarning yarmida, hayvonlarning uchdan bir qismida uchraydi.

Tadqiqotchilar stafilokokk izlarini eshik, javon, sovitkich tutqichlarida, suv anjomlari, oshxona stoli, chiroq yoqqichlar, shuningdek, sichqoncha va klaviaturalarda topishgan.

Profilaktika maqsadida shifokorlar qo‘llarni tez-tez yuvishni, kuniga ikki marta tish tozalashni, issiq vanna o‘rniga dush qabul qilishni maslahat berishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring