Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda mehnat bozoriga har yili 30 ming nafar yoshlar kirib keladi

Xorazmda mehnat bozoriga har yili 30 ming nafar yoshlar kirib keladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Xorazm viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari Xorazmdagi ishsizlik masalasiga to‘xtaldi.

«Bugungi kunda Xorazmdagi eng katta muammolardan biri – 80 mingdan ziyod aholi bandligini ta’minlashimiz kerak.

Shuningdek, mehnat bozoriga har yili 30 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. Ayniqsa, bu masala Qo‘shko‘pir, Yangiariq, Yangibozor tumanlarida o‘ta dolzarb», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu muammoni bartaraf etish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Xususan, aholini kasb-hunarga o‘qitib, tadbirkorlikka jalb qiladigan mikrokredit tashkilotlariga 50 milliard so‘m miqdorida, 5 foizli imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Bu tajriba Xorazmdan boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring