Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari 2023-yilga qadar soliqlardan ozod etildi

O‘zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari 2023-yilga qadar soliqlardan ozod etildi

Toshkent shahridagi Inha universiteti

Foto: «Inha.uz»

O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari 2023-yilga qadar soliq imtiyozlari berildi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘zlarining O‘zbekistonda amalga oshirayotgan ta’lim faoliyatidan 2023-yilning 1-yanvariga qadar soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarning barcha turlaridan ozod qilinadi.

Iuningdek, universitetlar xorijiy ishchilarning mehnatiga haq to‘lash qismidan yagona ijtimoiy to‘lov hamda jismoniy shaxslarning daromadlaridan soliq ham to‘lamasligi qarorda ko‘zda tutib o‘tilgan.

Qaror Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 29-dekabrda imzolangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring