Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy tillarda efirga uzatiladigan teleradiokanallar tashkil etilmoqda

Xorijiy tillarda efirga uzatiladigan teleradiokanallar tashkil etilmoqda

«Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (312-son, 19.05.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi faoliyati tugatildi.

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi huzurida ta’lim tashkilotlarining xorijiy tillar pedagoglarining malakasini oshirish bo‘yicha mobil guruhlar tashkil etiladi.

Mobil guruhlar, eng avvalo, olis hududlarda joylashgan yoki xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatkichi past bo‘lgan ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilarining malakasini oshirishga jalb etiladi.

Qarorga muvofiq, negizida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (207 ta) hamda ularga biriktirilayotgan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Xorijiy tillar bo‘yicha o‘tkaziladigan respublika olimpiadalarida ishtirokchilarning 4 ta ko‘nikmasini (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) baholash tartibi joriy etiladi.

2022-2023 o‘quv yilidan tanlangan umumta’lim maktablari 4-sinf bitiruvchilari, 2024-2025 o‘quv yilidan esa 9-sinf bitiruvchilarining xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus sinov o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, har bir tuman (shahar)da ochiq tanlov o‘tkazilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kamida 2 nafar ingliz tili o‘qituvchilari va bir nafar boshqa xorijiy til o‘qituvchisi xorijiy davlatlarga qisqa muddatli malaka oshirishga yuboriladi.

2021-yil yakunigacha OTMlarda davlat-xususiy sheriklik asosida o‘qituvchi va talabalarga xorijiy tillarni o‘qitish markazlari (kurslari) tashkil etiladi.

Shuningdek, 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatiladigan tele va radiokanallar ishga tushiriladi. Bunda har kuni kamida 3 soatlik dastur xorijiy tillarni onlayn o‘rgatishga ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring