Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xulosa chiqarmagan «tadbirkor»larga chora ko‘rish boshlandi

Xulosa chiqarmagan «tadbirkor»larga chora ko‘rish boshlandi

Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik suhbatlarga qaramay, ayrim tadbirkorlar soliq qonunchiligi talablarini buzib hamda ba’zi fuqarolarimizning hech qanday hujjatlarsiz savdo-sotiq faoliyatini amalga oshirmoqdalar.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi boshlig‘i B.Fayziyevning xabar berishicha, Buxoro shahrining Kogon shossesi ko‘chasida joylashgan binoda hech qanday hujjatlarsiz alkagol mahsulotlari sotish bilan shug‘ullanayotgan fuqaro A.Kamolov bilan  Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bir emas, ikki marotaba profilaktik suhbatlar o‘tkazib, unga faoliyatini qonuniylashtirib qo‘yishini bildirishgan.

Shunga qaramay, A.Kamolov noqonuniy faoliyatini davom ettiravergan.

Natijada, o‘tkazilgan navbatdagi profilaktik tadbiri davomida ushbu fuqarodan 85 turdagi 6 million 355 ming so‘mlik alkogol mahsulotlari daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Xuddi shunday, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining ogohlantirishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmay, viloyat markazidagi «Markaziy dehqon bozori» hududining belgilanmagan joyida hujjatsiz savdo faoliyati bilan shug‘ullangan fuqaro U.Sultonov tomonidan savdoga qo‘yilgan 2 million 215 ming so‘mlik 3 xil turdagi chet elda ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklar daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

O‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida davlat soliq xizmati organlari xodimlari joriy yil oktyabr oyining o‘tgan davrida soliq qonunchiligi talablariga zid ravishda daromad topishga intilayotgan 50 dan ortiq shaxslarga yurtimizda tadbirkorlik uchun yaratilgan imkoniyat va yengilliklarni tushuntirib, 30 kun ichida faoliyatlarini qonuniylashtirib qo‘ysalar, daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan tovar moddiy boyliklarini qaytarib olishlari mumkinligi eslatildi.

Aks holda ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyat turlari doirasida qat’iy belgilangan soliqni hisoblash choralari ko‘riladi. 

Shunday ekan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib daromad topmoqchi bo‘lgan barcha fuqarolarimiz davlat xizmatlari markazidan ro‘yxatdan o‘tib, faoliyatlarini qonuniylashtirib  qo‘ysalar foydadan holi bo‘lmasdi. Negaki, yurtimizda tadbirkorlik uchun yaratilgan imkoniyat va yengilliklardan faqatgina qonuniy tadbirkorlar foydalana oladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring