Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xususiy korxona rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xususiy korxona rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yashnobod tumanida xususiy korxona rahbarining kirdikorlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, «E.T.A.» xususiy korxonasi rahbari D.T. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) va boshqalar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga imtiyozli shartlar asosida avtotransport vositalarini olib berishni va’da qilishadi.

Shu orqali 72 nafar fuqaro bilan shartnoma tuzishga erishib, jami 362,3 mln so‘mni MChJning hisob-raqamiga dastlabki to‘lov sifatida qabul qilishib, ushbu mablag‘larni o‘zlarining ehtiyojlariga sarflab yuborishadi.

Shuningdek, D.T. soliq hisobotlarida daromadlarini kamaytirib ko‘rsatish orqali 137,7 mln so‘m soliq to‘lovlarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring