Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi

Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublika bo‘yicha shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin. Havo harorati 23-28° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-25° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 18-23° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring