Yana ko‘zbo‘yamachilik. Yashnobod hokimi o‘rinbosari va MTB mudirining suhbati ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi (audio)
Toshkent shahar Yashnobod tumani hokim o‘rinbosari va tumanning Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirining telefon orqali muloqoti ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi, deb xabar bermoqda «QALAMPIR.UZ» nashri.
Unda aytilishicha, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Zufarov va MTB mudiri Viloyat Akramova o‘zaro suhbatda tumandagi barcha MTM mudiralarini sobiq «Tashselmash» hududiga yig‘ilishi so‘ralyotgani aks etgan.
Bundan tashqari Zufarov suhbat davomida Akramovaga barcha MTM mudirlarining bog‘chalarga bozorlik qilib kelishini so‘raydi: «Barcha bog‘cha mudirlaringizga tayinlab yetkazib qo‘ying, bozorlik qilib oshxonalarni to‘ldirib qo‘ysin. Mehmonlar (tekshiruvchilar nazarda tutilmoqda — tahr.) ketganidan keyin hammasi narsalarini uyiga olib ketaverishadi. Oshxonaning [ёғ томса] yalagudek qilib qo‘yishsin. Asosan ijtimoiy soha ob’yektlarini oshxonalariga kirishayotgan ekanda», deyiladi hokim o‘rinbosari ovozi aks etgan audioda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter