Yangi qaror: bir nechta inspeksiyalar faoliyati tugatildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 7-may kuni «O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF–5418-son «Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etildi.
2018-yil 1-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi, Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi, «O‘zsuvnazorat» respublika suv inspeksiyasi, «O‘zdavurug‘nazoratmarkaz» qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi tugatiladi.
Shuningdek, 2018-yil 1-avgustdan «O‘zstandart» agentligining «O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash «Sifat» markazi» davlat korxonasi ham tugatiladi.
Inspeksiya tugatilayotgan tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanib, tugatilayotgan tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan vazifalari, funksiyalari va vakolatlari Inspeksiyaga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tugatilayotgan tashkilotlar xodimlarining ishga joylashtirilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter