Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil bayramida tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi — SSV

Yangi yil bayramida tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi — SSV

Bu gal Yangi yil bayramida yurtdoshlarimiz 30 dekabrdan 2 yanvargacha ketma-ket 4 kun dam oladi. Ana shu davrda quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:

  • 207 ta tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari,
  • 1074 ta oilaviy poliklinikalar,
  • tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,
  • ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
  • tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.

Yurtimiz bo‘yicha 2835 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, 229 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring