Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil kechasi avtobuslar harakat vaqti uzaytiriladi

Yangi yil kechasi avtobuslar harakat vaqti uzaytiriladi

Foto: Xabar.uz

2023-yil 31-dekabr kuni Yangi yil bayrami va  aholiga ko‘rsatilayotgan jamoat transporti xizmati sifatini oshirish, yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, barcha avtobus yo‘nalishlarining ish vaqtlari 1 yanvar soat 01:00 ga qadar uzaytiriladi. 

Bu haqda «Toshshahartransxizmat» ma’lumot berdi. 

«Shu bilan birga, poytaxtimizning 18 ta manzilida bezatilgan yangi yil archalariga oilangiz, yaqinlaringiz, hamkasblaringiz yoki do‘stlaringiz bilan avtobus va elektrobuslar orqali yetib olishingiz mumkin.

Bayram kunlari transportlar harakati ko‘payishini inobatga olgan holda, shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan voz kechib, jamoat transportidan foydalanishingizni taklif etamiz», deyiladi ma’lumotda.

Avtobuslar ro‘yxati quyidagi linkda keltirib o‘tilgan. 

Eslatish joiz, 31-dekabr kuni Toshkent metrosida harakatlanish mutlaqo bepul deya e’lon qilindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring